Soliq bazasi soliq toʻlovchiga har bir daromadni toʻlash chogʻida soliq agenti tomonidan alohida aniqlanadi. Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga solinadigan soliq summasi ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizdagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi tomonidan norezidentga dividendlar toʻlash paytida ushlab qolinadigan norezident daromadidan olinadigan soliq summasi ushbu yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlaridan ilgari toʻlangan soliq summasiga quyidagi shartlar bajarilganda kamaytiriladi: norezident dividendlar toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining ustav fondida (ustav kapitalida) kamida yigirma besh foizlik ishtirok ulushiga ega boʻlsa; mazkur ulushga egalik qilish dividendlarning toʻlanish sanasidan oldingi kamida 365 kalendar kun davomida uzluksiz amalga oshirilgan boʻlsa; olingan dividendlardan toʻlangan soliq summasi ilgari norezidentning dividendlar tarzidagi daromadidan olinadigan soliqni aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa; soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik shaxslaridan olingan dividendlardan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olgan boʻlsa. Soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga daromadni toʻlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada, ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda hisoblab chiqariladi va toʻlanadi. Norezidentlarga toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq agenti tomonidan daromadlarning barcha turlari boʻyicha amalga oshiriladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar: 1) soliq agenti norezident tomonidan toʻlanadigan