Agar ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar, ulushlar (paylar), koʻchmas mulk, mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonalar, payli investitsiya fondlari investitsiya paylari (bundan buyon ushbu moddada mol-mulk deb yuritiladi) norezident boʻlgan bir yuridik shaxs tomonidan norezident boʻlgan boshqa yuridik shaxsga yoki norezident boʻlgan jismoniy shaxsga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga realizatsiya qilingan boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, soliq agenti tomonidan soliqni ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezident soliq agentiga mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart. Soliq agenti taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan hamda ushbu Kodeksning 353-moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq summasini hisoblab chiqaradi va ushlab qoladi. Soliq agenti sotib olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soliqning hisob-kitobini quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida mustaqil