Norezident boʻlgan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan, quyidagi turlardan birida taqdim etilgan rasmiy hujjat ushbu boʻlim qoidalarini qoʻllash maqsadida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatdir: 1) norezident rezidenti boʻlgan chet davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusxa. Bunda shunday hujjatni berish konsullik legallashtirish amalga oshirilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan holda bajariladi; 2) ushbu moddaning 1-bandi talablariga muvofiq boʻlgan hujjat asl nusxasining notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 3) chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qogʻozdagi nusxasi. Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatda chet el banklari va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tuzilmalariga chet el bankining yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy turgan joyi faktini tasdiqlash, agar bunday turgan joy hamma foydalana oladigan axborot manbalaridagi maʼlumotlar bilan tasdiqlansa, talab qilinmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda legallashtirish quyidagi hollarda talab qilinmaydi, agar: 1) soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan boʻlsa; 2) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxs (shaxslar) imzosining va muhrining haqiqiyligini tasdiqlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, yaʼni: a) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan; b) oʻzaro kelishib olish tartib-taomili doirasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi va chet davlatning vakolatli organi oʻrtasida belgilangan boʻlsa. Norezidentning soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma tuzgan davlatning soliq rezidenti deb norezident