Soliq solish obyekti va soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning 295 va 296-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan daromadlardan iborat boʻladi. Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotganligini koʻrsatishi kerak. Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Kodeksning 44-bobiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlardan tashqari soliq solinadigan daromadning olinishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan xarajatlarning aloqasi aniq asoslangan boʻlsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli. Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi. Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan ushbu Kodeks 359-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 1) yangidan roʻyxatdan oʻtkazilganlar — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshir