Soliq kodeksi 368-modda. Jami daromad

Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.