Soliq kodeksi 389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari

Soliq agentlari oʻzlarining soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: 1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida — soliq organlariga toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnomani; 2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay; Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan, xodimlari 25 nafardan ortiq boʻlgan alohida boʻlinmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini — alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzlarining yollanma xodimlariga oid mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini oʻzi soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.