Soliq kodeksi 390-modda. Soliqni toʻlash tartibi

Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʻlanadi. Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida toʻlanadi.