Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan soliq toʻlovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida toʻlaydi. ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq toʻlovchi daromadlar olish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak. Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga quyidagilar kiradi: ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar; faqat ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.