Quyidagilar soliq bazasidir: 1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas: Toshkent shahrida — uch million besh yuz oʻttiz ming soʻm; Nukus shahrida va viloyat markazlarida — ikki million uch yuz ellik ming soʻm; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million uch yuz toʻqson ming soʻm; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi. Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari qonunchilikda belgilanadi. 2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati; 3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha — mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha); 4) davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib ol