Soliq kodeksi 420-modda. Soliq bazasi

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi: ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — qirq ikki million soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas; ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlarning 1 kv. metri boʻyicha — ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Bunda ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari qoidalari ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi; davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk soligʻi, agar mazkur obyekt uchun unga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, obyektning xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng oʻrtacha yillik qoldiq qiymati. Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi qoidalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun berilgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻ