Soliq kodeksi 436-modda. Soliq imtiyozlari

Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi; 3) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi; 4) yolgʻiz pensionerlar. Yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi boʻlgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi asosida beriladi; 5) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan koʻp bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi; 6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuboril