Soliq kodeksi 458-modda. Soliq bazasi

Quyidagilar yigʻimlarning soliq bazasi hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida yoki uning hududi orqali tranzit oʻtayotganida — chet davlatlarning avtotransport vositalari; yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari.