Soliq kodeksi 462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlash oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli. Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab oʻtishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishi toʻgʻrisida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qiladi. Ushbu Kodeks 461-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga haqli. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida tanlangan soliq solish tartibini koʻrsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega. Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashni ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun va bir vaqtning oʻzida aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli. Qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan soliq toʻlovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari boʻyicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard soʻmdan oshmagan boʻlsa, aylanmad