Soliq solish maqsadida soliq toʻlovchi tomonidan maqsadli mablagʻlarning manbai boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga koʻra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablagʻlarga kiradi. Maqsadli mablagʻlarga jumladan quyidagilar kiradi: 1) budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va budjet subsidiyalari; 2) grantlar va insonparvarlik yordami; 3) maqsadli tushumlar. Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb eʼtirof etiladi: 1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk; 2) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan tashkilotlar orqali taqsimlanadigan, aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga aniq maqsadli begʻaraz koʻmaklashish soliq solish maqsadida insonparvarlik yordami deb eʼtirof etiladi. Maqsadli tushumlarga notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan tushumlar (bundan aksiz toʻlanadigan tovarlar tarzidagi tushumlar mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib tushgan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan kelib tushgan, mazkur oluvchilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi. Notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi: 1) muassislarning (ishtirokchilarning, aʼzolarning