Soliq kodeksi 480-1-modda. Umumiy qoidalar

Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 480²-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin. Soliq solishning alohida tartibiga ega Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 koʻchasi.