Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb eʼtirof etiladi, agar: daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa; daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa.