Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlashi shart. Hech kimga soliqlar va yigʻimlarning barcha alomatlariga ega boʻlgan, biroq ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.