Soliq kodeksi 89-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash

Soliqni toʻlash, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada amalga oshiriladi. Chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan soliq summasini milliy valyutada qaytadan hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliqni toʻlash sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hollarda bajarilgan deb eʼtirof etiladi: 1) pul mablagʻlarini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻidan budjet tizimiga tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazishga doir topshiriqnoma bankka taqdim etilgan paytdan eʼtiboran – soliq toʻlovchining hisobvaragʻida toʻlov kunida yetarlicha pul qoldigʻi mavjud boʻlgan taqdirda; 2) bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga budjet tizimiga oʻtkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablagʻlari topshirilgan paytdan eʼtiboran. Bunday qoida soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi; 3) bank yoki aloqa boʻlimiga budjet tizimiga oʻtkazish uchun naqd pul mablagʻlari kiritilgan kundan eʼtiboran. Bunday qoida soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi; 4) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxsning shaxsiy hisobvaragʻida tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir operatsiya aks ettirilgan paytdan eʼtiboran; 5) ortiqcha toʻlangan summalarni yoki ortiqcha undirilgan soliqlar, penyalar, jarimalar summalarini tegishli soliq turi boʻyicha majburiyatning bajarilishi hisobiga hisobga olish toʻgʻrisida soliq organi tomonidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran; 6) soliqni hisoblab chiqarish va soliq toʻlovchining pul mablagʻlaridan ushlab qolishga doir majburiyat ushbu Kodeksga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan boʻlsa, soliq summalari soliq