Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi lozim. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi. Huquqiy voris (huquqiy vorislar) oʻziga oʻtgan majburiyatlar boʻyicha jami soliq qarzini, shu jumladan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi tugallanguniga qadar soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun belgilangan jarimalar summalarini ham uzishi shart. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) oʻz zimmasiga ushbu modda bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda huquqlardan foydalanadi va zimmasida majburiyatlar boʻladi. Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan uning soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini oʻzgartirmaydi. Bir necha yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda ularning majburiyatlarini bajarish qismi boʻyicha bunday qoʻshib yuborish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxs ularning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda, uni qoʻshib olgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha qoʻshib olingan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. Yuridik shaxs boʻlinganda bunday boʻlish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxslar soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha uning huquqiy vorislari deb eʼtirof etiladi. Bir necha huquqiy vorislar mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan har birining qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini b