Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik

Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi oʻz qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan boʻlsa, uning oʻrniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.