Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki

Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi taʼminlanadi. Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon boʻlishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi. Tarjimon oʻz mehnati uchun haq olish huquqiga ega boʻlib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. Tarjimon bila turib, notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.