Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 23-modda. Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish

Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart (bundan ushbu Qonunning 3¹-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yigʻimi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash toʻgʻrisidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim boʻlgan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki oʻz tashabbusi bilan mulkiy undiruv boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olib, ularni xatlashga haqli boʻlib, bu haqda mazkur qarorda koʻrsatib oʻtadi. Ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror u