Agar qarzdor jismoniy shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi. Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi oʻzgargan boʻlsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoʻq ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi maʼlum boʻlib qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning maʼlum boʻlgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi. Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tugʻilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini oʻz vazifalarini bajara olishi mumkin boʻlgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, koʻrsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga koʻmaklashadi. Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi toʻgʻrisida davlat ijrochilari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar Majburiy ijro byur