Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati: 1) ijro hujjati ijroga topshirilganda; 2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan soʻng muddatning oʻtish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar oʻtgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. Ijro hujjati uni toʻliq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yoʻqligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.