Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi

Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir. Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻmdagi va chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi. Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari darhol olib qoʻyilishi lozim. Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va oʻzga qimmatliklari toʻgʻrisida axborot boʻlganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmdagi mablagʻlari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki oʻzga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi. Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisida axborot boʻlmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash toʻgʻrisida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma soʻrov yuboradi. Davlat ijrochisining yozma soʻrovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga maʼlum qiladi. Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli. Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur