Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar boʻyicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, davlat ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida davlat ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish toʻgʻrisida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi. Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha debitor toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish qarzdor oʻz debitori bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi. Debitor oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, davlat ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi. Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kund