Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning oʻzga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.