Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish

Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qatʼi nazar, xatlangan kundan eʼtiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Avtomototransport vositalarini, koʻchmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan obyektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi. Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi. Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak: davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha; mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari boʻyicha. Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bila