Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi

Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborilgan, qoʻshib olingan, boʻlingan, ajratib chiqarilgan, oʻzgartirilgan) taqdirda, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor yuridik shaxsning majburiyatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq zimmasiga javobgarlik yuklatilgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi. Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi, mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni oʻzga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish haqidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi. Iqtisodiy sudning qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi, bundan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi va jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi, shuningdek undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro ishlari mustasno. Ijro ishini yuritishni tamomlash bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishini yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi. Ijro ishini yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi bilan