Ijro hujjatlari boʻyicha qarz toʻliq uzilgunga qadar, qarzdorga toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning koʻpi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin. Bir necha ijro hujjati boʻyicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan cheklovlar aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.