Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga oʻn besh kunlik muddat belgilaydi. Davlat ijrochisi ijro hujjatining oʻzi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllaydi, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan soʻng ham ijro hujjatini ijro etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi;