Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari koʻmagida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.