Davlat ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yoʻli bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar toʻlanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yigʻimini qoplash uchun foydalaniladi. Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.