Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 8-1-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi

Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno. Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari: turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini; ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; chet davlatning rezidenti boʻlgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning oʻrinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlaridan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga haqli. Majburiy ijro byurosining markaziy apparati: turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini; ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning oʻrinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organig