Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini taʼminlash uchun topshiriladi: yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno); davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash toʻgʻrisidagi yoki ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga; qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qogʻozlarning miqdori va turi boʻyicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash toʻgʻrisidagi yoxud qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini ijro hujjatida koʻrsatilgan shaxs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga); ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga; ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart boʻlgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga); qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari toʻgʻrisidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida oʻz zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga; maʼmuriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa d