Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 80-modda. Undiruvlar navbati

Birinchi navbatda: budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha talablar; mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; alimentlar undirish boʻyicha talablar; mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni toʻlash boʻyicha talablar; hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar; advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam haqini toʻlash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi. Ikkinchi navbatda: ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar; jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha talablar qanoatlantiriladi. Uchinchi navbatda majburiy sugʻurta organlarining talablari qanoatlantiriladi. Toʻrtinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ­taʼminlangan talablari qanoatlantiriladi. Beshinchi navbatda kreditorlarning mol-mulk bilan ­taʼminlanmagan talablari qanoatlantiriladi. Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qanoatlantiriladi. Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yigʻimlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yigʻimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.