Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari

Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda: davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish; ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish; ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish; qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan, qarzdorga qarashli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish, oʻzga shaxslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish; qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish; qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda oʻzga qimmatliklarini xatlash; qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish; olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan