Davlat ijrochisi oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi shart. Davlat ijrochisi: ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; ijro hujjatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri ijro etilishi choralarini koʻrishi; ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi; taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini koʻrib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi; agar oʻzi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor boʻlsa yoki uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, oʻzini oʻzi rad etishi shart. Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin