Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi maʼmuriy sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi. Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.