Davlat ijrochisining xatti-harakatlari ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilish mumkin. Davlat ijrochilari sodir etgan huquqbuzarliklari uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladilar. Davlat ijrochisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.