Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.