Sudlar toʻgʻrisida 1-modda. Sud hokimiyati

Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Hech qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirib olishga haqli emas.