Barcha sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq sud majlisida koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Sud majlisi zalida hozir boʻlgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.