Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy nashrlarida eʼlon qilinadi.