Sudlar toʻgʻrisida 28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati: sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislarining sud faoliyati toʻgʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqidagi maʼruzalarini eshitadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi; ishlarni taftish tartibida koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.