Sudlar toʻgʻrisida 29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari: ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻradi; sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi; sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; sud statistikasini tahlil qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.