Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais oʻrinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi: rayosat; Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati; Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati; Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati.