Sudlar toʻgʻrisida 42-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisining oʻrinbosari

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisining oʻrinbosari: vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.