Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining rayosati shu sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.