Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining rayosati: sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi; sudlov hayʼati faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni eshitadi; tumanlararo maʼmuriy sudlar raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini eshitadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.